«Nafaqa bu pensiya emas. Ijtimoiy tarmoqlarda nafaqa va pensiya tushunchalarini chalkashtirib yuborishadi. Bu ikki xil narsa. Nafaqa — ish staji yo‘q odamga beriladi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan mablag‘. Pensiya esa shu fuqaro faqat pensiya jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shgandan keyingina tayinlanadi.
Bu nima degani? Chet elda ishlayotgan fuqaro ixtiyoriy tarzda jamg‘armaga o‘z hissasini qo‘shsa, qonunchilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqlarni o‘tkazgan taqdirda, ushbu fuqaroning ish staji hisoblanadi. To‘langan mablag‘laridan kelib chiqib, pensiya miqdori belgilanadi.
Misol uchun, bir fuqaro chet elda, deylik Rossiyada ishlab keldi. U (erkak) 25 yillik ish stajiga ega. Ijtimoiy sug‘urtalangan ish staji bor. Bundan tashqari, chet elda ishlagan 5 yillik ish staji bor. Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan ixtiyoriy ijtimoiy to‘lov summasining yuqori pog‘onasi belgilanmagan, minimumi belgilangan. Kami bilan buncha to‘laysan, ko‘pi bilan xohlaganingcha to‘lagin, deb qo‘yganmiz.
Fuqaroning o‘zi uchun pensiya ko‘proq kerakmi? Marhamat, pulingiz bormi, 111 ming so‘m emas, 1 mln so‘m to‘lang. Albatta, 1 mln so‘m to‘lagan (chet elda ishlab kelgan) fuqaroning pensiyasi bilan 111 ming so‘m to‘lagan fuqaroning pensiyasi farqli bo‘ladi.
Demak, o‘sha fuqaro ish stajini bajarsa, Pensiya jamg‘armasiga qancha ko‘p pul o‘tkazsa, bu fuqaroning pensiyasi ham ko‘proq bo‘ladi
Pensiya qancha bo‘ladi, degan savolga aniq javob bera olmayman. Chunki pensiya tayinlashda har bir fuqaroga personal yondashiladi. Shuni bilishimiz kerak. Har bir fuqaroning oylik ish haqi har xil. Siz mana buncha pensiya olasiz, deb buni OAVda aytishga mening haqqim ham yo‘q. Chunki bizda hozirgi kunda 3 mln 600dan ortiq pensionerlarimiz bo‘lsa, ularning pensiyalari har xil», deya Abror Xolmatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Oyiga bir necha marta barcha so'nggi yangiliklarni elektron pochtangizga etkazing.